Kecha Rossiyaning Yekaterinburg shahrida RCC Boxing Promotions promouterlik kompaniyasi tomonidan navbatdagi professional boks turniri tashkil etildi.
Oqshomning markaziy jangi birinchi o‘rta vaznda chempionlik kamariga sobiq daʼvogar Magomed Kurbanov tajribali vatandoshi Aslanbek Kozayevga qarshi ringga ko‘tarildi. Kurbanov bundan avvalgi jangida hamyurtimiz Isroil Madrimovga imkoniyatni boy bergandi.
Magomed birinchi raundning o‘zida raqibini nokdaun holatiga tushirib qo‘ydi. Jang oltinchi raundda referi tomonidan to‘xtatildi. Kurbanovning ketma-ket yo‘llagan zarbalari javobsiz qoldi va natijada u texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. Bu bilan rossiyalik bokschi Isroil Marimovdan qabul qilib olgan mag‘lubiyatini g‘alaba bilan yopdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120220 | Инструменты