U bir yil davomida qochib yurgan
Oʻzbekiston va Polsha davlatlari Interpol xodimlarining hamkorlikda olib borgan harakatlari natijasida zoʻrlashda ayblanayotgan jinoyatchi qoʻlga olinib, ekstraditsiya qilindi.
2021-yilning avgust oyidan beri huquq-tartibot idoralarimiz tomonidan zoʻrlashda ayblanib, qidiruvda boʻlgan Oʻzbekiston fuqarosi M.N. Interpolning Oʻzbekistonidagi MMB xodimlari hamkorligida Varshavadan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.
Joriy yilning yanvar oyida jinoyatchi Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan edi, mart oyida esa polshalik hamkorlar tomonidan M.N. Polsha hududiga kirganligi haqida xabar keldi.
Shundan soʻng Interpolning Oʻzbekistondagi MMB xodimlari tomonidan qidiruvdagi shaxsni aniqlash va qoʻlga olish borasida saʼy-harakatlar boshlab yuborildi va yuborilgan protsessual hujjatlar boʻyicha tezkor qidiruv tadbirlari amalga oshirildi, buning natijasida M.N. ushlandi.
Ekstraditsiya talabi qanoatlantirilgandan soʻng, huquqbuzar munosib jazo olish uchun Oʻzbekistonga qaytarildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22219 | Инструменты