“Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik jamiyati 2024-yilda jamoat tansporti, xususan, avtobuslarda boʻlgan oʻzgarishlar hamda 2025-yildagi rejalarni e’lon qildi.
Xabarga koʻra, 2024-yil davomida 1394 dona yangi avtobus va elektrobuslar xarid qilingan.
Jumladan:
- 190 ta “MAN A22” avtobusi;
- 200 ta “Saz Le-60” avtobusi;
- 302 ta “Yutong ZK6126BEVG” elektrobusi;
- 500 ta “Yutong ZK6852HG” avtobusi;
- 200 ta uzunligi 18 metr boʻlgan “King Long XMQ6180G” avtobusi;
- 2 ta uzunligi 18 metr boʻkgan “King Long XMQ6180BGWBEV” elektrobusi olib kelingan.
Bundan tashqari, yoʻnalishlar tarmogʻi kengaytirilgan. Xususan, avtobus yoʻnalishlari soni 147 tadan 163 taga oshirilgan.
Bular:
- 11 ta magistral;
- 14 ta halqa;
- 92 ta bogʻlovchi;
- 46 ta yetkazib beruvchi yoʻnalishlar hisoblanadi.
Shaharning gavjum boʻlgan 25 ta koʻchasida 70,6 kilometr uzunlikda avtobuslar uchun moʻljallangan “A” yoʻlaklar tashkil etilgan. Shuningdek, 113 ta avtobus yoʻnalishlarida yoʻl infratuzilmasidagi kamchiliklar bartaraf etilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu oʻzgarishlardan soʻng jamoat transportidan foydalanuvchi yoʻlovchilar soni 536,9 ming nafardan 1 million 240 ming nafarga yetgan.
Qayd etilishicha, 2025-yilning birinchi choragida 200 ta elektrobus sotib olinadi, Toshkent viloyatidan shaharga qoʻshilgan aholi punktlariga jamoat transporti ta’minoti uchun yangi 5 ta yoʻnalish qoʻshiladi. Bundan tashqari, kunlik reyslar va kunlik tashilayotgan yoʻlovchilar soni ham ortishi kutilmoqda. Shu bilan birga avtobus yoʻnalishlari intervali 10−12 daqiqadan 8−10 daqiqaga qisqartiriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10816 | Инструменты