Bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimida Nurullan Erlepesov o‘z ishini boshladi.
Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining ikkinchi sessiyasida Qoraqalpog'iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining moliya-iqtisodiyot va kambag'allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari - iqtisodiyot va moliya vaziri lavozimiga Nurullan Erlepesov tayinlangan edi.
Shu munosabat bilan, bugun Qoraqalpog'iston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi binosida tayinlovga bag'ishlangan yig'ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda, Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo‘qorg'i Kengesining Byudjet, iqtisodiy islohotlar, investitsiyalar va innovatsiya masalalari qo‘mitasi raisi Seytnazarov Berdibek so‘zga chiqib, mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishini ta'minlash va moliyaviy tizimini yanada takomillashtirish yo‘lida muhtaram Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ijobiy islohotlarni xalqimiz hayotida ifoda etish muhim vazifa ekanini alohida ta'kidlab, yig'ilganlarga yangi vazirni tanishtirdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты