Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati maʼlum qilinishicha, qo‘shni davlatdan O'zbekistonga “Yallama” chegara bojxona post orqali fuqaro boshqaruvida kirib kelgan yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan.
Ko‘rikda yo‘lovchining shaxsiy buyumlar orasida deklaratsiyada yozib ko‘rsatilmagan va og‘zaki so‘rovda maʼlum qilinmagan 1 dona “Stalker S84” nomli 4 yarim mm kalibrli pnevmatik to‘pponcha va 1 500 dona o‘q borligi aniqlandi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты