Poytaxtda fuqarolarni 6,1 mlrd so‘mga chuv tushirgan avtosalon mas’ullariga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Ma'lum qilinishicha, jamiyat mansabdor shaxslari 19 nafar fuqaroga avtomashina olib kelib berish haqida yolg‘on vaʼdalar berib, 6 mlrd 169 mln so‘m to‘lov pulini o‘zlarining ehtiyojlari uchun sarflab yuborishganligi aniqlangan.
Avtosalon masʼullariga nisbatan Jinoyat kodeksining 168 (Firibgarlik) va boshqa modda bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты