Huawei 1
Poytaxtdagi maktabda o‘qituvchi 6-sinf o‘quvchisini dars vaqtida kaltakladi

Ijtimoiy tarmoqlarda Chilonzor tumanidagi 188-maktabda o‘qituvchi o‘quvchini kaltaklaganligi haqida xabar tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi maʼlumot berdi

Qayd etilishcha, Chilonzor tumanidagi 188-sonli umumtaʼlim maktabida 2024 yil 23 sentyabr kuni taxminan soat 15:00 lar atrofida ikkinchi smenada 6-“V” sinfida rus tili fani darsi mahalida o‘qituvchi R.O.ga o‘quvchi E.G. gap qaytargan va tortishib qolgan.

So‘ngra o‘qituvchi R.O. o‘quvchi E.G.ni qulog‘idan cho‘zgan, o‘tirgan joyidan partasidan tortib olib chiqqan va o‘quvchining yuziga tarsaki tushirgan. O‘quvchiga tan jarohati yetkazimagan, salomatligi joyida.

Bundan xabar topgan o‘quvchi E.G.ning ota-onasi o‘qituvchining bu xatti-harakati yuzasidan huquq-tartibot idoralariga murojaat qilishgan. Ayni paytda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Taʼkidlanishicha, rus tili fani o‘qituvchisi R.O. sinov muddati bilan maktabga ishga taklif qilingan, rasman u 188-maktabga ishga qabul qilinganligi bo‘yicha hali buyrug‘i chiqmagan va yuqoridagi voqea uning dastlabki ish kunida sodir bo‘lgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92513 | Инструменты