Huawei 1
Poytaxtdagi tikuvchilik korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 18-sentabr kuni soat 10:01 da Uchtepa tumani, Almoniy ko’chasida joylashgan tikuvchilik korxonasida yong‘in sodir bo‘ldi.

Yong‘in qutqaruv ekipajlari etilgan manzilga soat 10:05 da yetib borib, yong‘in soat  10:17 da qurshab olinib, soat 10:31 da batamom o‘chirildi.

Yong‘in natijasida tan jarohati olgan va vafot etgan fuqarolar yo’q. Ayni vaqtda yong‘in sababi va moddiy zarari aniqlanmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 91915 | Инструменты