Prezident qarori bilan Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash kompleks dasturi tasdiqlandi. Dastur ijrosi va uni takomillashtirishga Biznesni rivojlantirish banki tayanch banki sifatida biriktirilgan.
Dasturda kamida bir yil davomida faoliyat yuritib kelayotgan YATT, dehqon xo‘jaliklari, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar, nodavlat ta’lim muassasalari, hunarmandlar, kasanachilar, 3 va undan ortiq kishini ish bilan ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari hamda oilaviy tadbirkorlik dasturida ishtirok etib kelayotgan va ijobiy kredit tarixiga ega yuridik va jismoniy shaxslar ishtirok etishi mumkin.
Xalq banki va Mikrokreditbank ham dastur ijrosida hamkor bank sifatida jalb qilinadi. Ular meva-sabzavotchilik sohasida "kooperatsiya" va "agregator" loyihalarini amalga oshiradi, kasanachilar maktablari faoliyatini yo‘lga qo‘yadi.
Biznesni rivojlantirish bankining ustav kapitali yil oxiriga qadar 3 trln so‘mga yetkaziladi, Markaziy bank QQBga ajratilgan 544 mlrd so‘mlik kredit liniyalarini subordinar qarz sifatida Biznesni rivojlantirish bankiga rasmiylashtirib beradi. Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi ustav kapitali kelasi yil 1-aprelga qadar 1 trln so‘mga chiqariladi. Davlat aktivlari va qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlarni sotishdan tushgan 1 trln so‘m mablag‘ jamg‘armaga 10 yil muddatga foizsiz budjet ssudasi sifatida ajratiladi.
Qaror bilan, shuningdek, tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash instrumentlari tasdiqlandi.
Kelgusi yildan boshlab oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar yillik Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foizlik band yuqori stavkada ajratiladi. Hozirda yillik 14 foiz stavkada ajratilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92802 | Инструменты