Huawei 1
Prezidentning Qashqadaryoga tashrifi arafasida yangi tumanda “Chiroqchi klaster” MChJning tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 21 aprel kuni Qashqadaryo viloyatiga keldi. Tashrifdagi birinchi manzil Ko‘kdala tumani bo‘ldi. Bu ma’muriy birlikni tashkil etish g‘oyasi Shavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturidan o‘rin olgan edi. Oliy Majlis Senatining shu yil 17 martdagi qaroriga muvofiq, aholiga qulayliklar yaratish hamda urbanizasiya jarayonlarini tartibga solish maqsadida Chiroqchi tumanining bir qismida Ko‘kdala tumani tashkil etildi.

Prezident tashrifi arafasida ushbu yangi tumanda “Chiroqchi klaster” mas’uliyati cheklangan jamiyatining tikuvchilik korxonasi ishga tushirildi. Uning binosi yengil konstruksiyalardan qurilgan. 500 nafarga yaqin mahalliy xotin-qizlar va yoshlar ish bilan ta’minlangan.

Davlat rahbari korxonadagi ish jarayonini ko‘zdan kechirdi, xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

"Ko‘ryapsizlar, ayollar bo‘yicha qancha qarorlar qabul qilyapmiz, tashkiliy choralar ko‘ryapmiz. Buning zamiridagi maqsad - sizlarning quvonchingizni ko‘rish. Bir ayolni, bir qizimni ish bilan ta’minlasak, uning kayfiyati butun xonadonga ta’sir qiladi, farzandlarini yaxshi o‘qitadi. Bugun ham ko‘p rejalar, imkoniyatlar bilan keldik. O‘zbekistonda orzular amalga oshadigan zamon qurishga harakat qilayapmiz", - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Ma'lum qilnishicha, korxona yiliga 7 million dona tayyor kiyim ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlarning katta qismi “Samo” brendi ostida eksport qilinadi. Buning uchun taniqli xorijiy brendlar bilan hamkorlik rejalashtirilgan.

Klaster rahbariga paxta hosildorligini oshirish, yangi yerlarni o‘zlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62410 | Инструменты