Prokuratura Andijondagi bog'chada uyqu vaqtida vafot etgan 4 yoshli bola ishini tekshirmoqda
Avvalroq, Andijon viloyati Oltinko‘l tumanidagi 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida 2017 yilda tug‘ilgan tarbiyalanuvchi Xushnudbek Lutfullayev kunduzgi uyqu vaqtida to‘satdan vafot etgani haqida xabar qilgan edik.
Bosh prokuratura matbuot kotibi mazkur holat tuman prokuraturasi tomonidan tekshirilayotganini ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 53022 | Инструменты