Huawei 1
Qarindoshlar bir ishxonada ishlashi mumkin bo‘lgan xodimlar ro‘yxati tasdiqlandi

O‘zbekistonda qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash to‘g‘risidagi qoidalardan istisnolarga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlarining ro‘yxati tasdiqlandi. Bu 14 noyabr kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini amalga oshirishga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi hukumat qarorida belgilandi.

Mehnat kodeksining 121 va 184-moddalariga muvofiq, qarindoshlarning birga ishlashlarini cheklash haqidagi qoidalardan istisnolarga yul qo‘yilishi mumkin bo‘lgan davlat tashkilotlari xodimlari hamda alohida xususiyatga ega ishlardagi qisqartirilgan ish kuni belgilanadigan xodimlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Unga ko‘ra:

1. O‘zbekiston Respublikasining xorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalarining xodimlari.

2. Qishloq joylardagi qishloq xo‘jaligi tashkilotlari va qishloq xo‘jaligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot muassasalari mutaxassislari.

3. Temir yo‘l transportining liniya tashkilotlari, yo‘l, qurilish-montaj va temir yo‘llarning ixtisoslashtirilgan trestlarining qurilish-montaj va ko‘priksozlik poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalari va boshqa harakatlanuvchi tuzilmalarning xodimlari, ushbu korxona va tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.

4. Aloqadan foydalanish tashkilotlari xodimlari.

5. Sog‘liqni saqlash, davolash-profilaktika va sanitariya-epidemiologiya tashkilotlarining shifokorlari.

6. Barcha taʼlim tashkilotlaridagi pedagog xodimlar, o‘qituvchilar, bibliograflar va kutubxonachilar.

7. O‘zbekiston Respublikasining "Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq mehnat shartnomasi tuzilmaydigan davlat fuqarolik xizmati lavozimlarining siyosiy guruhiga kiruvchi davlat fuqarolik xizmatchilari.

8. Teatrlar, badiiy jamoalar va studiyalarning ijodiy xodimlari.

9. Arxivlar xodimlari, ilmiy muassasalar xodimlari, muassasalarning bosh buxgalterlari, buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari, shuningdek, seysmik stansiyalar xodimlari.

10. O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi tarmoq tashkilotlarining xodimlari.

11. Dala geologiya (ekspeditsiyalari, uchastkalari va boshqa) tashkilotlari xodimlari.

12. Qishloq joylarda ishlaydigan o‘rmon va suv xo‘jaligi mutaxassislari, maktabgacha va maktab taʼlimi tashkilotlari xodimlari, tibbiyot xodimlari, madaniy-maʼrifiy tashkilotlar xodimlari.

13. Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridan foydalanadigan yo‘l tashkilotlarining xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.

14. Qurilish-montaj va ko‘priksozlik qurish poyezdlari, mexanizatsiyalashgan kolonnalar va boshqa ko‘chma maxsus qurilish tuzilmalarining xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.

15. Daryo floti kemalarining suzuvchi tarkibi xodimlari va daryo transportidan foydalanish tashkilotlari xodimlari, bu tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.

16. Magistral quvurlar o‘tkazish hamda neft va gaz konlarini tartibga keltiruvchi qurilish, qurilish-montaj va boshqa ixtisoslashtirilgan boshqarma va uchastkalarning xodimlari, tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.

17. Havza va ko‘llardagi baliqchilik tashkilotlari xodimlari, ushbu tashkilotlarning bosh buxgalterlari, omborxona mudirlari (omborchilari) va kassirlaridan tashqari.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111819 | Инструменты