Huawei 1
Qarshida 1,7 kg. og‘irlikdagi tilla taqinchoqlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi

Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi tezkor tuzilmalari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda yirik miqdordagi zargarlik buyumlarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yildi. Bu haqda Bojxona qo'mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda avvaldan shubha ostiga olingan shaxs tilladan tayyorlangan 1 dona uzuk va 1 juft sirg‘ani 4,7 mln so‘mga sotayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.

Tegishli litsenziya va ruxsatnomalarsiz zargarlik buyumlari savdosi bilan shug‘ullanayotgan mazkur shaxsga tegishli avtotransport vositasi ko‘zdan kechirilganida, yana 359 dona zargarlik buyumlari saqlanayotgani aniqlandi.

Xorijda ishlab chiqarilgan, ammo bojxona rasmiylashtiruvini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan mazkur tilla taqinchoqlarning umumiy og‘irligi salkam 1,7 kg.ni, qiymati esa dastblaki hisob-kitoblarga ko‘ra 1 mlrd 270 mln. so‘mni tashkil qilmoqda.

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 53101 | Инструменты