Qarshida janjal qilib, pichoq bilan IIO xodimlariga hujum qilgan 2 nafar shaxs jazoga tortildi
Qarshi shahrida ikki shaxs restoranda janjal qilib, pichoq bilan ichki ishlar xodimlariga hujum qildi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Qarshi shahar “Temir yo‘lchi MFYda yashovchi fuqaro N.L. joriy yilning 19 fevral kuni soat 00:05 larda shahardagi “Viktoriya” restoraniga ikki nafar tanishi A.T. va Sh.S. bilan borib, restoran ishchisi S.A.ga “Musiqani o‘chirsang, shu pichoqni peshanangga otaman” deb qo‘rqitib, janjal qilgan.
Natijada N.L.ni tinchlantirish uchun restoranga kelgan ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlarining qonuniy talabini bajarish o‘rniga faol qarshilik ko‘rsatib, sherigi A.T. bilan ikki nafar ichki ishlar organlari xodimining yoqasidan tutib, siltab tashlab qochishga uringan. Restorandan ko‘chaga chiqqan N.L. qo‘lidagi pichoq bilan yana bir nafar ichki ishlar organi xodimiga shikast yetkazmoqchi bo‘lganida xodim chap berishi oqibatida yiqilib, tan jarohati olgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida shu kuni N.L. ushlanib, zararsizlantirilgan.
Holat yuzasidan Qarshi shahar prokuraturasi tomonidan N.L va A.T.ga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilgan. Tergov harakatlari tamomlanib, sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudning joriy yilning 2 avgust kunidagi hukmi bilan N.L va A.T. tegishli jazoga tortilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82421 | Инструменты