Qashqadaryoda 22 nafar bemorning ko‘ziga sun’iy gavhar qo‘yildi

Respublika ixtisoslashtirilgan ko‘z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qashqadaryo filialida navbatdagi bosqichda imtiyozli tarzda 22 nafar bemorning ko‘zlariga sun’iy gavhar qo‘yish amaliyotlari o‘tkazildi.

Mazkur yuqori texnologiyali operatsiyalar Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan tashkil etildi.

Jarrohlik amaliyotlari filialning mohir ko‘z jarrohlari hamda malakali mutaxassis Murodjon Temirov tomonidan muvaffaqiyatli tarzda bajarildi.

Shuningdek, 60 dan ortiq bemor ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tavsiyalar berildi.

Filial faoliyatidagi yana bir muhim yangilik — bu shifo maskaniga yangi "Yak" lazer uskunasining keltirilishi bo‘ldi. Bu uskuna yo‘qligi bois yiliga glaukoma va kataraktadan aziyat chekayotgan 500 nafardan ortiq bemor markazga yuborilar edi. Endilikda ko‘zning oldingi qismida bajariladigan bu turdagi operatsiyalar viloyatning o‘zida, tig‘siz amalga oshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72710 | Инструменты