“O‘zenergoinspeksiya” Qashqadaryo viloyat hududiy boshqarmasi va viloyat prokuraturasi hamkorligida oʻtkazilgan nazorat tadbirida Koson tumanida joylashgan "G. I." fermer xo‘jaligiga qarashli 2 dona suv nasosini shartnoma rasmiylashtirmasdan, o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 373,2 million so‘mlik zarar yetkazganligi ma‘lum bo‘ldi.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 32604 | Инструменты