Huawei 1
Qashqadaryoda ayoli va 2 oylik chaqalog‘ini o‘ldirgan erkak o‘zini osib joniga qasd qildi

24 noyabr kuni Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida erkak turmush o‘rtog‘i va deyarli 3 oylik chaqalog‘ini o‘ldirib, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.

Bildirilishicha, voqea “Oqsuv” MFYda sodir bo‘lgan. 1998 yilda tug‘ilgan erkak 24 noyabr kuni soat 13:00 larda ruhiyatida sodir bo‘lgan o‘zgarishlar oqibatida yashash xonadonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan 1996 yilda tug‘ilgan turmush o‘rtog‘i hamda joriy yilning 1 sentyabr kuni tug‘ilgan qizini qasddan o‘ldirgan. Shundan so‘ng, u yashash uyining xo‘jalik binosida arqondan sirtmoq yasab, o‘zini osib joniga qasd qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan 24 noyabr kuni Kitob tumani prokurori tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Ma’lumot uchun, gumonlanuvchi shaxs (marxum) 2006 yildan buyon viloyat ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112518 | Инструменты