Huawei 1
BAAda isroillik rohibning o‘limida gumonlanayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi

BAA Ichki ishlar vazirligi isroillik rohib Tsvi Koganning o‘ldirilishida gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olinganini e’lon qildi.

Ta’kidlanishicha, ular – Mahmudjon Abdurahim o‘g‘li Kenjaboyev, Azizbek Komilovich Ismoilov, Olimboy Tohirovich Davlatyorov, barchasi O‘zbekiston fuqarosi. BAA IIV keltirgan fotosuratlarda ular ko‘zi bog‘langan, qo‘l-oyog‘i kishanlangan holda tasvirlangan.

Qayd qilinishicha, ish prokuraturaga oshirilgan, ammo ularga qanday ayblov qo‘yilayotganiga aniqlik kiritilmagan. Shuningdek, qotillik motivlari qanday bo‘lgani ham noma’lum.

28 yoshli ravvin Tsvi Koganning jasadi 24-noyabr kuni topildi. 21-noyabr kuni u bedarak yo‘qolgani, uni oxirgi marta Dubayda ko‘rishgani haqida xabar berilgan edi.

Mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, Kogan BAA rezidenti, shuningdek, Moldova fuqarosi bo‘lgan. U bir necha yil BAAda yashab, Nyu-Yorkdagi pravoslav yahudiylarning "Chabad" harakati bilan birga yahudiy jamoat ishlari bilan shug‘ullangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112520 | Инструменты