Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryodagi tibbiyot birlashmalaridan birida fuqarolar o’rtasida janjal chiqqani tasvirlangan videolar tarqaldi. Unda bir guruh erkaklar qo’lida pichoq bilan bir-biriga o’qtalayotganini ko’rish mumkin. Holatga viloyat IIB rasmiy munosabat bildirdi.
Ma’lum bo’lishicha, joriy yilning 18-iyul kuni soat taxminan 12:00 larda Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, “Samarqand” mahallasi xududida, mahalliy yashovchilar o‘rtasida janjal chiqqan. Ushbu janjalda tan jarohati olgan 2 nafar erkak Kitob tumani markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan.
Shu kuni, soat taxminan 15:30 larda shifoxona hovlisida to‘plangan, jabrlangan fuqarolarning qarindoshlari o‘rtasida katta mushtlashuv kelib chiqqan.
Aniqlanishicha, o‘zaro janjal jarayonida bir fuqaro avtomashinasidagi pichoqni olib, 2 nafar fuqaroga tan jarohati yetkazgan.
Hozirda holat yuzasidan JKning 277-moddasi 3-qismi “g” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, 7 nafar shaxs prosessual tartibda ushlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82421 | Инструменты