Huawei 1
Qashqadaryoda bir haftalik chaqalog‘ini 190 mln so‘mga pullamoqchi bo'lgan er-xotin qamaldi

Qashqadaryo viloyatida B.Q. o‘zining 2024-yilda tug‘ilgan X.G. ismli qizini sotish maqsadida, sharʼiy nikohida bo‘lgan ayoli bilan oldindan jinoiy til biriktirib, bir guruhda qiz farzandi borligini, o‘zlariga turar joy sotib olish uchun pul zarurligini, farzandini 190 million so‘mga sotishini aytgan. Bu haqda Oliy sud axborot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, 5-mart kuni Qarshi tumani “Mirmiron” mahallasida joylashgan korxonadagi qorovulxonada 2024-yil 25-fevral kuni tug‘ilgan qizaloqni 190 million so‘mga sotib, shundan 45 million so‘m miqdoridagi pullarni olgan vaqtida, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

28-iyun kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi tuman sudi o‘z binosida, ochiq sud majlisida mazkur ish ko‘rib chiqilgan. Sudda ular aybiga to‘liq iqrorlik bildirgan. 

Sud hukmiga ko‘ra, ota Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va 5 yillik qamoq jazosi belgilandi. Onaga esa 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi belgilandi. 

Ushbu hukm hali qonuniy kuchga kirmadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100616 | Инструменты