Qashqadaryoda “IIO yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining IV respublika forumi” bo‘lib o‘tdi

Ichki ishlar tizimida “Yangi O‘zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” o‘tkazilyapti. Shu munosabat bilan Qashqadaryoda “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining IV Respublika yoshlar forumi” tashkil etildi. 

Tadbir doirasida Qarshi va Shahrisabz tumanlarida IIO larida samarali mehnat qilayotgan 30 yoshgacha bo‘lgan yosh xodimlar va harbiy xizmatchilar kutib olindi. Shundan keyin, ishtirokchilar jangovar va nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri harakatlanish, jamoaviy ishlash, zamonaviy texnika va qurol-yarog‘lardan foydalanish ko‘nikmalarini oshiridilar, qolaversa, ular  rivojlangan davlatlar politsiya tuzilmalarining tajribasini sinovdan o‘tkazishga qaratilgan seminar-treninglar va amaliy o‘quv hamda sport mashg‘ulotlarida ham  ishtirok etishdi. Shuningdek,  xotin-qizlar uchun  “Geolog” o‘yingohida  ichki ishlar vazirligi tarixida ilk bora “Sohil voleyboli” musobaqalari  bo‘lib o‘tdi. Unda ishtirokchilar bor kuch va mahoratlarini ishga solib, musobaqaning qizg‘in o‘tishiga o‘z hissalarini qo‘shishdi. 

Kunning ikkinchi yarmida  “Eng yaxshi parademik”,  “Jangovar marsh” musobaqalari  ham tashkil etildi.

Forumning ikkinchi kunida xotin-qizlar o‘rtasida “Harbiy estafeta” bellashuvi ham  bo‘lib o‘tdi.  Shundan keyin  forum ishtirokchilari o‘rtasida  “Zakovat” intellektual o‘yini  tashkil etildi. Unda ishtirokchilarning kasbiy va huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashi, kitobxonlik va adabiyot sohasidagi bilimlari  sinovdan o‘tkazildi. Rejaga asosan, tadbirda  yigitlar o‘rtasida “Paintball” musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Ochiq hududda jismoniy va jangovar harakatlarni o‘z ichiga olgan musobaqada jamoalar g‘oliblik uchun bellashishdi. Musobaqa natijhalriga ko‘ra, Qashqadaryo, Qoraqolpog‘iston Respublikasi hamda Namangandan kelgan ishtirokchilar shuhsuopaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilishdi. Ular diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanishdi. Yakunda, forum qatnashchilari o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashishdi.

Aksariyat ishtirokchilarning fikricha,  “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining IV Respublika yoshlar forumi” soha xodimlarining bilimi, malakasi va tajribasini yanada boyitgan.


Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70102 | Инструменты