Qashqadaryoda otasi tomonidan zo‘ravonlikka uchragan opa-singilga xolasi vasiy bo‘ldi

Qashqadaryo viloyatida yashovchi opa-singil M.Sh. va N.Sh. larga nisbatan sodir etilgan jismoniy va ruhiy tazyiq holatlari tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan o‘rganilganligi to‘g‘risida xabar bergan edik.

Mazkur guruh tomonidan qizlarning qarindoshlaridan qay biri ular uchun yashash va ta’lim olish munosib sharoitlarini ta’minlay olishi masalasi har tomonlama o‘rganildi.

Qarshi shahar hokimining tegishli qarori bilan M.Sh. va N.Sh. lar vafot etgan onasining opasi bo‘lgan Q.D. (qizlarning xolasi) qizlarga vasiy etib tayinlandi.

Q.D. o‘z homiy va vasiyligidagi voyaga yetmagan M.Sh. (2008-yilda tug‘ilgan) va N.Sh. (2010-yilda tug‘ilgan) larni tarbiyalashi, ularning ta’minoti, sog‘lig‘i, jismoniy, ruhiy, ma’naviy va axloqiy kamoloti haqida g‘amxo‘rlik qilishi, shuningdek, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun mas’ulligi tegishlicha yuklatildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 72714 | Инструменты