Huawei 1
Qashqadaryoda uch nafar advokat firibgarlikda gumonlanib qo‘lga olindi

Qashqadaryo viloyat Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlari fosh etildi, deya xabar bermoqda Davlat xavfsizlik xizmati.

Qarshi shahrida faoliyat olib boruvchi advokat jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tuman sudi tomonidan 2 nafar fuqaroga qo‘llangan qamoq ehtiyot chorasini sud tizimidagi mansabdor tanishlari orqali boshqa ehtiyot chorasiga o‘zgartirib berishini aytgan. Evaziga 4 ming dollar olgan vaqtida ushlangan.

Boshqa bir advokat fuqarolik ishlar bo‘yicha Qarshi tumanlararo sudining ish yurituvida bo‘lgan ishni huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaro foydasiga hal qilib berish yuzasidan u bilan shartnoma tuzgan. Xizmat haqi evaziga 2 mln so‘m va davlat boji uchun 1,5 mln so‘m olgan.

Biroq advokat mazkur fuqarolik ishini sud tizimida ishlovchi mansabdor tanishlari orqali hal qilishini aytib, qo‘shimcha 500 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga tushgan.

Boshqa holatda esa advokat huquqiy yordam so‘rab murojaat qilgan fuqaro bilan shartnoma tuzmagan holda, Muborak tumani IIB huzuridagi tergov guruhi ish yurituvida bo‘lgan bezorilik huquqbuzarligiga oid ishning unga tegishli qismini tergovchi orqali ijobiy hal qilib berishni va’da qilgan va 2 mln so‘m olgan.

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda advokat ushbu ishni go‘yoki ijobiy hal qilganini aytib, qo‘shimcha 2 mln so‘m olgan vaqtida ushlangan.

Hozirda mazkur advokatlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi (Pora berishda ishtirok) 1-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 52311 | Инструменты