Huawei 1
Qashqadaryolik maktab direktorlari AQSHda malaka oshirishlari mumkin

Qarshi shahridagi 1-sonli umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari tashkiloti hamkorligida The Educational Leadership Development Program doirasida taqdimot namoyish etildi.

Dastur AQSHning Oʻzbekistondagi elchixonasi moliyaviy koʻmagida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va AQSHning George Mason universiteti hamkorligida xalqaro taʼlim boʻyicha Amerika kengashlari tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi.

Mazkur dasturning maqsadi Oʻzbekistondagi maktablarni boshqarish sohasidagi rahbarlik islohotlarini ilgari surishdir. Ikki yillik dastur maqsadli kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etish orqali rahbarlar va taʼlim xodimlarining kasbiy salohiyatini, jumladan, taʼlim sohasida yetakchilik koʻnikmalarini oshirishga qaratiladi.

Unga koʻra, qashqadaryolik maktab rahbarlari AQSHda malaka oshirish imkoniyatiga ega boʻldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga