Keniya markazida to‘g‘on yorilishi oqibatida 40 nafardan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda Nakuru tumani gubernatori Syuzan Kixika ma’lum qildi.
“Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 42 kishi halok bo‘lgan”, — dedi u.
Rasmiylarga ko‘ra, to‘g‘onning buzilishiga ikki oydan beri davom etayotgan kuchli yog‘ingarchilik sabab bo‘lgan.
Tabiiy ofat oqibatida shu paytga qadar halok bo‘lganlarning soni jami 118 nafarga yetdi. Ko‘plab yo‘llar suv ostida qolgan, 130 mingdan ortiq odam uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan.
Jabrlanganlarning aksariyati hukumatdan yordam so‘rab, poytaxt Nayrobiga kelgan.
Meteorologiya departamenti maʼlumotlariga ko‘ra, yomg‘irli mavsum aprel oyining oxirida eng yuqori cho‘qqisiga chiqishi va iyun oyida pasayishi kutilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111721 | Инструменты