Yangi o‘quv yilida O'zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning fililallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat granti asosida kvotlalar ajratilgan bo‘lib, ularning umumiy soni 1000 tani tashkil qiladi.
Shundan 565 tasi xorijiy, 435 tasi nodavlat OTMlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Ahamiyatlisi, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari orasida tibbiyot yo‘nalishlarida davlat granti ajratilgan OTMlar ham bor.
Bular:
- Farmasevtika ta’lim va tadqiqot instituti — 20 ta;
- EMU — 20 ta;
- Buxoro innovasion tibbiyot instituti — 10 ta ;
- Impuls BSR — 10 ta.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82501 | Инструменты