Huawei 1
Qibrayda 38 yil ta'mirga muhtoj bo'lgan maktab yangilanib, foydalanishga topshirildi

Toshkent viloyatining Qibray tumanidagi “Navro‘z” mahallasida 46-umumtaʼlim maktabining yangi binosi  foydalanishga topshirildi. Qurilish jarayonida 150 nafar quruvchi mehnat qildi va qariyb 4 oyda maktab binosi bitkazildi.  

38 yillik tarixga ega maktabning fasad qismi, kommunikatsiya tarmoqlari taʼmirlandi. Yangi sport zali qurilib,  ochiq sport maydonlari ham tashkil etildi.

Axborot texnologiyalari xonasi, kimyo, biologiya, fizika laboratoriya, musiqa xonalari, zamonaviy texnologiya xonalari, elektron kutubxona - bularning barchasi bugun o‘quvchilar ixtiyorida.

Taʼkidlash joizki, bu so‘nggi yillarda qurilgan eng katta quvvatga ega maktablardan biridir. Maktabni qurish jarayonida, ixtisoslashgan maktablarning qurilish tajribasidan ham foydalanilgan.

Qurilish tashkiloti ish yurituvchisi Dilmurod Mamatovning maʼlum qilishicha, 240 o‘ringa mo‘ljallangan maktab qurilishi uchun 2022-yil Investitsiya dasturi doirasida 6 milliard 633,1 so‘m ajratilgan. Bundan tashqari 8 milliard so‘mlik  homiylik mablag‘lari ham sarf etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 40301 | Инструменты