Ijtimoiy tarmoqlarda, “Un narxi 20 kunda o‘z joyiga qaytadi” sarlavhasi ostida xabarlar tarqaldi.
Holat yuzasidan QIshloq xo'jaligi vazirligi izoh berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda davlat tomonidan aholini oziq-ovqat xavfsizligi bilan ta’minlash, bozorlarda narx barqarorligini saqlash bo‘yicha bir qator ishlar olib borilmoqda.
Jumladan, aholini un mahsuloti bilan ta’minlash maqsadida har yili mamlakatimizda 8 mln tonna atrofida bug‘doy yetishtirilmoqda. Talab esa, 104,4 foizni tashkil etadi.
Sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida faoliyat olib borayotgan dehqon bozorlaridagi narxlar o‘rganildi.
Bozorlardagi chakana savdoda Rossiya va Qozog‘istonda ishlab chiqarilgan “365 kun”, “Turon”, “Mo‘tabar”, “Oltin don”, “Makfa” va boshqa markadagi oliy va 1 navli un qadog‘iga qarab 5000 so‘mdan 7500 so‘mgacha sotilayotgan bo‘lsa, ulgurji savdoda 5000–7000 so‘mni tashkil etmoqda.
Bu narx o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 200-300 so‘mga oshganini (joylarda savdo rastalarida erkin narx belgilanishi oqibatida bundan ortiq darajada oshganini) ko‘rsatadi. Buning sabablaridan biri, Rossiya va Qozog‘istondan kirib kelayotgan mahsulot aylanmasi xorijiy valyutada amalga oshirilishi natijasi hisoblanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 92802 | Инструменты