Joriy yilning 1 dekabr kuni Farg‘ona vodiysidan boshqa barcha hududlarda qor yog‘ishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30 noyabr-1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Harorat kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 30 noyabr- 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 1 daraja sovuq – 4 daraja iliq, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2 daraja sovuq – 3 daraja iliq, kunduzi 2-7 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi va kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, 1 dekabrda ba’zi joylarda qorga aylanishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 2-7 daraja, kunduzi 7-12 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 0-5 daraja, kunduzi 3-8 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 3 daraja sovuq – 2 daraja iliq, kunduzi 0-5 daraja iliq bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112720 | Инструменты