Huawei 1
Qo‘qonda shifokorlarga dam bermagan rahbar jazolandi

Farg‘ona viloyatining Qo‘qon shahrida shifokorlarni ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida hujjatlashtirmasdan va haq to‘lamasdan ishga jalb qilgan rahbar jazolandi. Bu haqdagi murojaatni Ombudsman o‘rganib chiqdi.

Ma’lum qilinishicha, Qo‘qon shahrida joylashgan teri-tanosil 2-sonli dispanseri shifokorlari tomonidan Ombudsmanga jamoaviy murojaat kelib tushgan. Murojaatda xodimlar ish vaqtidan tashqari, dam olish kunlarida hujjatlashtirilmasdan va haq to‘lanmasdan ishga, navbatchilikka jalb qilinayotganini, shuningdek, xizmat safari xarajatlari o‘z vaqtida qoplanmayotganini bildirgan.

Mazkur murojaat Ombudsmanning Farg‘ona viloyatidagi mintaqaviy vakili ishtirokida joyiga chiqib o‘rganilgan. O‘rganish natijalariga ko‘ra, dispanser rahbariyati tomonidan Mehnat kodeksining 189-moddasida (ish vaqtidan tashqari ish) belgilangan talablar qo‘pol ravishda buzilgani, xodimlar og‘zaki ko‘rsatmalar asosida rasmiylashtirilmasdan ishga jalb qilib kelingani aniqlangan.

Ushbu qonunbuzilish holatlarining bartaraf etish yuzasidan Ombudsman tomonidan Farg‘ona viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasiga xulosa kiritilgan.

Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lum qilishicha, Ombudsman kiritgan xulosasi natijasida dispanser rahbariga nisbatan intizomiy jazo – hayfsan qo‘llanilgan, shuningdek, murojaatda qayd etilgan 5 nafar shifokorlarning salkam 3 mln so‘mlik xizmat safari xarajatlari to‘lab berilgan.

Shu bilan birga, ushbu holat dispanser jamoasi va boshqa mas’ul tashkilotlar ishtirokida muhokama qilinib, mas’ullar mehnat qonunchiligi talablariga rioya etish bo‘yicha ogohlantirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 42520 | Инструменты