Qodirjon Erkaboyev Uchko‘prik tumani hokimi etib tayinlandi

19 fevral kuni Xalq deputatlari Uchko‘prik tuman Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda lavozimidan ozod etilgan Abrorjon Asqarov o‘rniga yangi tuman hokimini tayinlash bilan bog‘liq tashkiliy masala ko‘rildi.

Sessiyada ishtirok etgan viloyat hokimi Xayrullo Bozorov tomonidan taqdim etilgan Erkaboyev Qodirjon Nosirjonovich nomzodi tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi va “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Farg‘ona mintaqaviy filiali boshlig‘i bo‘lib ishlab kelgan Qodirjon Erkaboyev Uchko‘prik tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Qodirjon Erkaboyev 1988 yilda Beshariq tumanida tug‘ilgan. Farg‘ona politexnika institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 2013 yilda Markaziy bank Farg‘ona viloyati Bosh boshqarmasida boshlagan hamda 2020 yilga qadar qator mas’ul lavozimlarda faoliyat olib borgan, 2019-2020 yillarda Markaziy bank viloyat Bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, 2020-2021 yillarda birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Qodirjon Erkaboyev 2021 yil 10 avgustdan buyon “O‘zsanoatqurilishbank” ATB Farg‘ona mintaqaviy filiali boshlig‘i bo‘lib faoliyat ko‘rsatib kelayotgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102801 | Инструменты