Huawei 1
Qibrayda dorilarni elektron retsept asosida berish tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent viloyati Qibray tumanida dorilar retseptini elektron yozish va berish tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi, deya xabar bermoqda Spot.

Tizim Uzinfocom yagona integratori tomonidan ishlab chiqilgan DMED platformasi orqali ishlaydi. Test sinovlari tuman markaziy ko‘p tarmoqli poliklinikasi hamda 8 ta dorixona tarmog‘ini qamrab olgan.

Retsept olish uchun siz smartfoningizga DMED ilovasini o‘rnatishingiz kerak (Android va iOS uchun). Elektron retsept bemorga shifokorga murojaat qilganida, uning telefonga yuborilgan kodni kiritganidan so‘ng beriladi.

Bemor chiqarilgan retsept bilan dorixonaga boradi va uni farmatsevtga ko‘rsatadi. Farmatsevt retseptdagi QR-kodni skanerlash orqali unga kerakli dorilarni topshiradi.

Tizim ishlab chiqaruvchilarining ta’kidlashicha, bu dorixonalarga dorilarning tarqatilishi haqidagi aniq ma’lumotlarni real vaqtda olish imkonini yaratadi. Shuningdek, avtomatlashtirilgan patentsiz nomlar bo‘yicha preparatlarni tanlash usuli retseptlarni tuzishdagi xatolarni oldini olishga yordam beradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 10909 | Инструменты