Huawei 1
Qo'qonda bolalar "koloniya"sida vafot etgan 14 yoshli yigit ishi bo'yicha olib borilgan surishtiruvlar yakunlandi

Joriy yil 7-noyabr kuni Qo'qonda IIBga olib ketilgan bola vafot etgani bo'yicha xabar tarqalgan. Bunga viloyat prokuraturasi va sud-tibbiy ekspertizasi rasmiy munosabat bildirgan

So'ng Bosh prokuratura bolaning o‘limiga kim sababchi bo'lgani ochiqlagandi. Unga ko'ra, 2 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi marhumni urib, o'ldirgani tasdiqlangan. Shu sababli, jinoyat ishi doirasida ushbu 2 nafar voyaga yetmagan tarbiyalanuvchi qamoqqa olinib, ichki ishlar xodimlariga nisbatan ham xizmat tekshiruvi tayinlangan.

12-noyabr kuni bu bo'yicha Farg'ona viloyati IIB yana qo'shimcha ma'lumot berdi. Qayd etilishicha, voqea sodir bo‘lgan kunda navbatchilik qilgan 2 nafar IIO xodimi tarbiyalanuvchilarni nazoratsiz qoldirib, janjalni oldini olmaganligi uchun, IIO safidan bo‘shatilib, xodimlarga nisbatan to‘plangan hujjatlar qonuniy chora ko‘rishlik uchun viloyat prokuraturasiga taqdim qilingan. Hozirda holat yuzasidan Ichki ishlar vazirligi tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.

Shuningdek, voqea bo'yicha, joriy yil 10-noyabr kuni Bola huquqlari bo‘yicha vakil Qo‘qon shahridagi IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazining faoliyatini o‘rgandi.

Bugungi ma'lumotlarga ko'ra, Ichki ishlar vazirligi tegishli xizmatlari tomonidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakunlandi. Unga ko‘ra, ushbu markaz boshlig‘i  egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Shuningdek, xizmat faoliyatida yo‘l qo‘ygan kamchiliklari uchun 3 nafar xodimga “hayfsan” intizomiy jazosi tayinlandi. 4 nafar xodimning esa, lavozimiga loyiq yoki noloyiqligini aniqlash maqsadidan navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tkazilishi belgilandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41205 | Инструменты