Huawei 1
Shahram G‘iyosov: Jangimni marhum qizimga bag‘ishlayman

Shahram G‘iyosov «Matchroom Boxing» bilan intervyusida marhum qiziga chempion bo‘lishni vaʼda bergani haqida gapirdi. 

«Men bo‘lajak jangimni qizimga bag‘ishlayman. Albatta, uning vafoti qayg‘uli. Uni juda yaxshi ko‘rardim, uni hamon sog‘inyapman. 

Qizimga va ota-onamga chempion bo‘laman deb vaʼda berganman», — deydi o‘zbekistonlik bokschi.

Yarim o‘rta vazn toifasi reytingida birinchi o‘rinni egallab turgan Shahram G‘iyosov (16-0, 9 KO) hozirgacha professional boksdagi barcha jangida g‘alaba qozongan.

G‘iyosov navbatdagi jangini 12 aprel kuni (Toshkent vaqti bilan 13 aprelda) Nyu-Jersi shtati, Atlantik Siti shahrida argentinalik Franko Okampoga (17-2, 8 KO) qarshi o‘tkazadi.

Maʼlumot o‘rnida, 19 mart kuni Shahramning 2 yoshli qizi vafot etgandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71009 | Инструменты