Huawei 1
Qoraqalpog‘istonda o‘qituvchilardan “komissiya” uchun pul yig'gan direktor ishdan bo‘shatildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi ijtimoiy tarmoqlarda Xo‘jayli tumanidagi 21-sonli umumtaʼlim maktabi direktori xodimlardan pul yig‘ayotgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Xo‘jayli tumanidagi 21-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Toshkent shahrida bo‘la turib, “komissiya uchun” degan bahona bilan o‘qituvchi va texnik xodimlardan 20 ming so‘mdan pul yig‘dirgani haqida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat bo‘yicha shu kunning o‘zida Xo‘jayli tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlangan.

Aniqlanishicha, 10 fevral kuni 21-maktab direktorining topshirig‘iga asosan, maktab o‘qituvchisi D.R. tomonidan 16 nafar o‘qituvchidan 320 ming so‘m yig‘ib olib, direktorga bergan, direktor P.Aning o‘zi esa, 18 nafar o‘qituvchidan 360 ming so‘m yig‘ib olib, jami 680 ming so‘m pul yig‘ilgan.

Maktab direktori P.A. o‘z ko‘rsatmasida ushbu pullar maktabdagi bannerlarni yangisiga almashtirish uchun yig‘ilganini, yig‘ilgan pullar amalda hech qayerga ishlatilmasdan, o‘qituvchilarga yana qaytarib berilganini bayon qilib o‘tgan.

Bir guruh o‘qituvchilar pullarni yig‘ilish sabablari haqida P.A. bergan ko‘rsatmalarni tasdiqlashgan, bir guruhi yig‘ilgan pullar kelgan komissiyani tushlikda ovqatlantirish baxonasida yig‘ilganligini bayon qilishgan.

24-fevral kuni P.A. o‘z ixtiyori bilan ishdan bo‘shash haqida arizasiga asosan lavozimidan ozod qilingan. Hozirda, tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda, natijasiga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50803 | Инструменты