Ijtimoiy tarmoqlarda "Poyezd temir yo'l relsida odamni bosib ketdi" sarlavhasi bilan video va fotolar tarqaldi. Unda Qoraqalpog'istonning Ellikqal'a tumanidan o'tuvchi temir yo'lda poyezd odam bosib ketgani aytilgan. Holat yuzasidan Transport prokuraturasi ushbu holat yuzasidan rasmiy bayonot berdi.
Ma'lum qilinishicha, joriy yilning 24-mart kuni soat 16:00 larda 053-sonli “Qo‘ng‘irot-Toshkent” yo‘nalishidagi yo‘lovchi poyezdi “Ellikqala-To‘rtko‘l” bekatlari oralig‘ida harakatlanib ketayotganida 44 yoshli X.Sh. poyezd yo‘liga chiqib qolgan va natijada poyezd uni bosib ketgan.
Olgan tan jarohatlari natijasida fuqaro X.Sh. voqea joyida vafot etgan.
Hozirgi vaqtda mazkur holat yuzasidan Orolbo‘yi transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlarini olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112307 | Инструменты