Qozog‘istonda O‘zbekiston fuqarosi yashin urishi oqibatida halok bo‘ldi

Voqea 25-iyun kuni kechki payt sodir bo‘lgan, yashin qarovsiz uyga tushib, yong‘inga sabab bo‘lgan. Qayd etilishicha, chaqmoq urishi vaqtida uyda O‘zbekiston fuqarosi ekani aniqlangan shaxs bo‘lgan.

Tergov jarayonida u Qozog‘istonga bir oy avval kelgani va Miyali qishlog‘ida yashovchi fuqaroning uyida vaqtincha ro‘yxatga olinganligi aniqlangan. Uning jasadi ko‘zdan kechirilganda, tan jarohatlari aniqlanmagan, u sud-tibbiy ekspertiza o‘tkazish uchun tuman shifoxonasi o‘likxonasiga yetkazilgan.

 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 70114 | Инструменты