Milanning «Inter» klubi sobiq ustozi Simone Inzagi «Al Hilol» bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda Riyod shahri jamoasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ikki tomon o‘rtasidagi shartnoma 2 yilga tuzildi va mutaxassis yangi ish joyida yiliga 30 million yevro maosh oladi. Shu orqali u dunyoning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiyiga aylanadi. Shuningdek, italiyalik murabbiyga qo‘shimcha bonuslar ham taqdim etiladi.
Qayd etish lozim, Inzagi «Inter»dagi so‘nggi faoliyatini sovrinsiz yakunladi. Kubok uchun so‘nggi imkoniyatda u Yevropa Chempionlar Ligasi finalida «PSJ»ga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Simonening «Al Hilol»dagi murabbiylik faoliyati AQSHdagi klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida boshlanadi. Jamoa 18 iyun kuni «Real», 23 iyun kuni «Zalsburg» va 27 iyun kuni «Pachuka»ga qarshi bahs olib boradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82804 | Инструменты