Huawei 1
Qurilish ishlari olib borilayotgan “Gʻishtko‘prik” chegara bojxona posti 2024-yilning martida foydalanishga topshiriladi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Gʻishtko‘prik” chegara bojxona postida kuzatilayotgan tirbandliklar keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Bojxona qo'mitasi holatga izoh berdi.

Ayni kunlarda “Gʻishtko‘prik” chegara bojxona postida qurilish ishlari olib borilmoqda. Qayd etilishicha, “Navoiy” postida ham zamonaviy bojxona posti qad rostlayapti, shu sababli post yopiq. Asosiy oqim ushbu postga yo‘nalmoqda. Ko‘proq “Yallama”dan o‘tishni tavsiya qilinmoqda.

“Gʻishtko‘prik” chegara bojxona posti orqali bir kunda 30 mingdan 35 mingacha fuqaro va 1000 dan oshiq transport vositasi harakatlanadi.

Fuqarolar va transport oqimi yildan yilga ko‘paymoqda, shu uchun post butunlay zamonaviy qiyofa kasb etadi.

Post kelgusi yilning mart oyida foydalanishga topshiriladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32014 | Инструменты