Qurilish materiallari sanoati rivojlantiriladi

“Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–365-son, 01.12.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, quyidagilar qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish doirasidagi asosiy vazifalar etib belgilandi, jumladan:

- ishlab chiqarish hajmini 62 trln so‘mga yetkazish;

- qurilish sanoati korxonalarining eksport salohiyatini oshirish va eksport hajmini 1,5 mlrd AQSH dollariga yetkazish uchun zarur sharoitlarni yaratish;

- ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari ishlab chiqarish hamda qurilishda ulardan foydalanishni bosqichma-bosqich yo‘lga qo‘yish.

Qarorga ko‘ra, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari O‘zbekiston hududida ro‘yxatdan o‘tgan ishlab chiqaruvchi korxonalar vakillarining Afg‘oniston hududiga “Termiz” avtoyo‘l o‘tkazish punkti orqali

Davlat chegarasidan xavfsiz o‘tib qaytishlarini taʼminlaydi.

2026 yil 1 iyuldan shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish vakolatiga ega tashkilotlar tomonidan loyiha-smeta hujjatlarini shaharsozlik ekspertizasidan o‘tkazishda ularning qurilishda foydalaniladigan qurilish materiallari hajmining kamida 25 foizini ekologik toza, resurstejamkor va energosamarador qurilish materiallari tashkil etishiga oid talabni tekshirish amaliyoti joriy qilinadi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 120310 | Инструменты