Vazirlar Mahkamasining qarori bilan hukumatining ayrim qarorlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Unga ko'ra, Hukumatining ayrim qarorlariga qurilish obyektlarida yoki ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) korxonalarida ishlash maqsadida kelgan va ushbu obyektlarning yashash uchun moslashtirilgan joylarida yashab, mehnat faoliyati bilan shug'ullanayotgan shaxslarni mazkur qurilish obyektlariga yoki ishlab chiqarish (xizmat ko'rsatish) korxonalariga vaqtincha turgan joyi bo'yicha ro'yxatga olish tartibini nazarda tutuvchi o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Qurilish va uy joy kommunal xo'jaligi vazirligi bunday shaxslar uchun zarur shart-sharoitlar yaratilganligi, texnika xavfsizligi, yong'in xavfsizligi, sanitariya-epidemiologiya rejimi talablariga qat'iy rioya etilayotganligini doimiy nazorat qilib borilishini ta'minlaydi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122501 | Инструменты