1-sentabrdan boshlab, harakat tezligini nazorat qilishga mo‘ljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlardan joylashgan hududda (kamida 250 metr, ko'pi bilan 500 metrgacha bo‘lgan masofada) “Radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy bo‘ladi.
Avvalroq, shaharlarda yo‘l ta’mirlash ishlari faqat tunda amalga oshirilishi xabar qilingandi. Jumladan, 1-iyundan boshlab O‘zbekiston shaharlarida avtomobil yo‘llarini ta’mirlash yoki yo‘l chiziqlarini chizish bilan bog‘liq ishlarni soat 07:00 dan 21:00 ga qadar amalga oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Shuningdek, radarlar 1 iyundan boshlab yo‘l chizig‘ini bosganlik uchun jarima yozmasligi xabar qilingandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 51704 | Инструменты