Raqobat qo‘mitasi “Korzinka”ga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

“Korzinka” supermarketlar tarmog‘i tomonidan turli xil usullarda tarqatilayotgan reklama axborotida “Kundalik xaridlarga eng arzon narx”, “Eng arzon narx - Korzinkada”, "...Eng unumlisiga keling!" degan reklamasida foydalanuvchilarni chalg‘itadigan yoki chalg‘itishi mumkin bo‘lgan so‘z jumlalaridan foydalanilganligi kuzatilmoqda.

Mazkur reklama axborotida qayd etilgan maʼlumotlarni o‘rganish natijasida, aksiya doirasida kundalik ehtiyojlar uchun kerak bo‘ladigan maʼlum bir miqdordagi mahsulotlardan iborat bo‘lgan katalog joriy qilinganligi maʼlum bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu katalogga kiritilgan mahsulotlarning narxlari turli supermarketlar tarmog‘i hamda dehqon bozorlardagi xuddi shunday mahsulotlarning narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringlar natijasiga ko‘ra solishtirilganligi hamda taqqoslash uchun har bir tovarning alohida emas, balki savatning (katalogning) umumiy narxi olinganligi Qo‘mita tomonidan aniqlandi.

Xususan, «eng arzon narx» deb eʼlon qilingan mahsulotlarning alohida turlari bo‘yicha narxlari boshqa supermarketlar va dehqon bozorlarida sotilayotgan huddi shu turdagi mahsulotlar narxlaridan farq qilmasligi kuzatildi.

Reklamani bunday ko‘rinishda bo‘lishi reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘ituvchi yoki chalg‘itishga olib keluvchi holat deyilishi mumkin.

Yuqoridagilarga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasining “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuni 16-moddasi birinchi qismi va O‘zbekiston Respublikasining “Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni 6-moddasi birinchi qismi talablari buzilishi alomatlari yuzasidan “ANGLESEY FOOD” MCHJga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50620 | Инструменты