Huawei 1
Raqobat qo‘mitasi tomonidan metan chakana narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijasi e’lon qilindi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan metan chakana narxlari bo‘yicha o‘tkazilgan monitoring natijasi e’lon qilindi.

Narx cheklovi bekor qilingandan so‘ng qo‘mita tomonidan respublika bo‘yicha 1450 ta gaz to‘ldirish shoxobchalarida sotilayotgan metan gazining chakana narxlarining dastlabki tezkor monitoringi o‘tkazildi va uning natijalariga ko‘ra, gaz to‘ldirish shoxobchalarining 71 foizida (1 064 ta holatda) 3 750 so‘m narxlar saqlanib qolayotganligi, 25 foizida (370 ta holatda) narxlar 3800-3950 so‘mgacha tashkil etganligi, qolgan 4 foizi ish faoliyatida emasligi aniqlandi.

O‘z navbatida, Raqobat qo‘mitasida gaz to‘ldirish shoxobchalari o‘rtasidagi kelishib qilingan harakatlar yoki o‘z ustun muzokara kuchini suiiste’mol qilish natijasida narxlarni asossiz oshirish holatlari aniqlanganda, ushbu xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan narxlarni tushirish bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar beriladi hamda moliyaviy jarimalar qo‘llanilishi mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122315 | Инструменты