Huawei 1
Rasul Kusherbayev: Zaxarova O‘zbekiston uchun nomaqbul shaxslar ro‘yxatining boshida bo‘lishi kerak

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova O‘zbekiston uchun nomaqbul shaxslar ro‘yxatining boshida bo‘lishi kerak. Bunday fikrni sobiq deputat, Ekologiya vazirining maslahatchisi Rasul Kusherboyev bildirdi.

"Biz biror marta ham Rossiya maktablarida bo‘layotgan ishlarga aralashmaganmiz. Chunki bu mutlaq Rossiyaning o‘z ichki ishi.

Shu jixatdan Rossiya Tashqi ishlar vazirligi vakili Mariya Zaxarovani Toshkentdagi maktab voqeasiga burnini tiqib, O‘zbekistonning ichki ishlariga aralashayotgani shunchaki bir munosabat bilan o‘tib ketadigan voqea emas.

Afsuski tilidan zaxar tomishdan u yog‘iga o‘tmaydigan Zaxarovaning boshqa xalq va mamlakatlar ichki ishlariga aralashishi birinchi bor emas.

Qolaversa, yaqinda O‘zbekistonni bosib olish haqida aytgan rossiyalik siyosatchining harakatlarini izohlashda ham Zaxar xonim O‘zbekistonni kamsitgan edi.

Shu bois, yaqinda Senat qabul qilgan qonunga asosan, Zaxarovani «O‘zbekistonda bo‘lishi nomaqbul deb topilgan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ro‘yxati» kiritishning ayni vaqti. Ro‘yxatni undan boshlash kerak. Toki, bu shaxs o‘zining haqoratomuz, shovinistik bayonotlari javobsiz qolmasligini real qilsin", deya yozgan sobiq deputat. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 92800 | Инструменты