Respublika tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar turi 1500 taga yetkaziladi

O'zbekistonda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘lamini yana-da kengaytirish rejalashtirilmoqda.

“Aholi salomatligi-2030” strategiyasi loyihasiga ko‘ra, tuman/shaharlar darajasida ixtisoslashgan yordam hajmini ko‘paytirish orqali mazkur hududlarda yashovchi aholining viloyat markazlariga tibbiy yordam olish borasidagi murojaatlarini 50 foizgacha (yiliga o‘rtacha 7 foizdan) qisqartirish mo‘ljallanyapti.

Shuningdek, viloyat tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqoritexnologik amaliyotlar ulushi 40 foizga oshiriladi.

Respublika tibbiyot muassasalarida bajariladigan yuqori texnologik amaliyotlar turi 1500 taga yetkaziladi.

Bundan tashqari, 12 ta Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy markazlarning klinikalari ko‘p tarmoqli shifoxonalarga aylantirish ko‘zda tutilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 50721 | Инструменты