Respublikada nechta chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashgan maktab va maktab-internati bor?
Bugungi kunda respublikada 420 ta fanlarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashgan maktab va maktab-internatlari mavjud.
Shundan, 243 tasi aniq fanlarga, 41 tasi tabiiy fanlarga, 23 tasi ijtimoiy fanlarga, 32 tasi filologiya fanlariga, 81 tasi xorijiy fanlarga ixtisoslashtirilgan. Mazkur maktablarda 58 470 nafar o'quvchi ta'lim olmoqda.
2020-2021 o'quv yilida 56 ta matematika faniga, 28 ta kimyo-biologiya faniga, 14 ta informatika va axborot texnologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktablari tashkil etildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62610 | Инструменты