Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida o‘zbekistonlik erkak boshqaruvidagi BMW mashinasi “Gazel” bilan to‘qnashib ketdi.
Ma’lum qilinishicha, BMW’ni o‘zbekistonlik 28 yoshli erkak boshqargan. Voqea sodir bo‘lgan vaqtda mashina ichida 33 yoshli ayol ham bo‘lgan. U turli darajadagi jarohatlar bilan og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
O‘zbekistonlik erkak esa hodisa joyida halok bo‘lgan. "Gazel" haydovchisining ahvoli haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120410 | Инструменты