Huawei 1
Rossiyada o‘zbekistonlik yigit balandlikdan yiqilib, halok bo‘ldi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahri Moskva tumanida qurilish ishlari olib borilayotgan paytda o‘zbekistonlik migrant halok bo‘ldi. Bu haqda “78.ru” xabar berdi.

Qayd etilishicha, Pulkovo shossesida joylashgan turarjoy majmuasi qurilish maydonchasida 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi qoliplarni demontaj qilish jarayonida 3,5 metrdan ortiq balandlikdan yiqilib, halok bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisaga ishchining xavfsizlik qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan.

Bildirilishicha, hodisa yuzasidan Rossiya Tergov qo‘mitasi va Mehnat inspeksiyasi tekshiruv boshlab, qurilish ishlarida xavfsizlik choralari va mehnat muhofazasi qoidalariga rioya qilinganini o‘rganmoqda. Hozirda tergovchilar qurilish maydonchasida ishchining o‘limiga olib kelgan holatni aniqlamoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 22211 | Инструменты