Joriy yilning 10-noyabr kuni ertalab soat 04:00 larda Penza viloyatidagi M-5 federal trassaning 738 km. da O'zbekiston fuqarolari ishtirokida YTH sodir bo'ldi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.
YTH oqibatida 3 kishi halok bo'lgan, shundan 1 nafari O'zbekiston fuqarosi, 2 nafar shaxsning O'zbekiston fuqaroligiga mansubligi aniqlanmoqda. Shuningdek, 2 nafar fuqaromiz turli xil tan jarohatlari bilan Penza viloyati Kuznesk tumanlararo shifoxonasiga joylashtirilgan.
Ushbu holat O'zbekistonning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi nazoratiga olindi.
Mahalliy mas'ul vakolatli organlar bilan halok bo'lganlarni Vatanga qaytarish ishlarini amalga oshirish, shuningdek jabrlanganlarga tibbiy muolaja ko'rsatilishi nazoratga olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111309 | Инструменты